“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” nomli respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi.

“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” nomli respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi. Mazkur ko‘rik-tanlov aholining, ayniqsa yoshlarning ekologik huquqiy bilimlarini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, ekologik madaniyat va mas’uliyatni yuksaltirish maqsadida tashkil etildi. Hududiy bosqichda ishtirokchilar ekologiya sohasidagi qonunlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda ularning amaliy ahamiyati bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar.