Narpay tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘rtasida buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan 7–11-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlovning asosiy maqsadi o‘quvchilar ongida Alisher Navoiy merosiga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlash, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Tanlov jarayonida ishtirokchilar Navoiy asarlarida aks etgan insonparvarlik, vatanparvarlik, adolat va ma’rifat g‘oyalarini chuqur tahlil qilib, o‘z fikr-mulohazalarini ravon va mazmunli tarzda bayon etdilar. Insholar hay’at a’zolari tomonidan mazmun, savodxonlik va ijodkorlik mezonlari asosida g‘oliblar aniqlandi.




